Milliy olimpiya qo‘mitasi 100 million so‘mlik tanlov e’lon qildi

CHERY AUTO

Professional va havaskor dizaynerlar diqqatiga!

Tecno

Kelasi yil shu kuni barchamiz Tokio Olimpiadasini diqqat bilan kuzatib borayotgan bo‘lamiz. Har bir mamlakat vakillari Olimpiya o‘yinlarida o‘ziga xos dizayndagi kiyimlarda, sport ekipirovkalarida ishtirok etishadi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi sohaga oid qator Vazirlik va idoralar bilan birgalikda havaskor va professional dizaynerlarga milliy ramzlarimiz uyg‘unlashgan sport ekipirovkalarining eskizi bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. Bunda istalgan inson o‘z ijodiga mansub chizmalarni tanlov@olympic.uz elektron pochtasiga yuborishi mumkin.

Tanlov yakuni bo‘yicha g‘oliblar tashkiliy qo‘mita tomonidan jami 100 000 000 (yuz million) so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shundan:
• Sport ekipirovkalari dizayni uchun 60 000 000 (oltmish million) so‘m;
• Olimpiada ochilish va yopilish marosimlariga rasmiy liboslar dizayni uchun 30 000 000 (o‘ttiz million) so‘m;
• Tokioda sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlovchi ishqibozlarga atalgan sport kiyimlari dizayni uchun 10 000 000 (o‘n million) so‘m.

Tanlov 1 sentyabrga qadar davom etadi.
O‘zbekiston sportchilarining xalqaro maydondagi imidjini barchamiz birgalikda shakllantiramiz!

Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Husan Sodiqov
02/08/2019 10:43
O‘sha formani chiroyli qilib chizib bergani bln sportchini qo‘liga 3 razmer katta futbolka borib tegadi 100 mln So‘mi esa 10 % tegadi xolos