“Milan”ning sobiq bosh murabbiyi tug‘ilgan kunida diskvalifikatsiya qilindi

  • 6 mart, 05:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" bosh murabbiyi Paulu Fonseka Frantsiya Professional Futbol ligasi (FLP) tomonidan 9 oyga diskvalifikatsiya qilindi. 
 
Gap shundaki, Fonseka yakshanba kuni "Lion"ning "Brest" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yin vaqtida bosh hakam Benoit Millotga tajovuzkor munosabat bildirgan va maydondan chetlatilgan. FLP chorshanba kuni bergan bayonotida, portugaliyalik mutaxassis 30 noyabrga qadar ishidan ozod etilganini e’lon qildi. Bundan tashqari, u 15 sentyabrgacha jamoa kiyinish xonasiga kirish huquqidan ham mahrum qilingan. 

Benoit MILLOT, Referee of France shows red card tp Paulo FONSECA, Head Coach of Lyon during the Ligue 1 McDonald's match between Lyon and Brest at...

Hakamning ushbu holatga bayonoti: 
 
"Fonseka menga tahdid qiluvchi harakatlar qildi va men uni darhol maydondan chetlatishga qaror qildim. Keyin esa vaziyat yanada yomonlashdi. U hatto meni urmoqchi bo‘ldi. Bundan tashqari, bosh bilan zarba berishga urindi. To‘g‘risini aytsam, burunimga engil tegdi ham" 

Benoit MILLOT, Referee of France shows red card tp Paulo FONSECA, Head Coach of Lyon during the Ligue 1 McDonald's match between Lyon and Brest at...

Diskvalifikatsiya UEFA va FIFAga taalluqli bo‘lishi mumkin 

Pauluning jazosi hozircha faqat Frantsiyaning ichki musobaqalariga tegishli, ya’ni u Evropa ligasi 1/8 final bosqichidagi bo‘lajak uchrashuvda jamoasini boshqarishi mumkin. Biroq, agar Frantsiya futbol federatsiyasi ushbu masalani UEFA yoki FIFAga yuborsa, uning jazosi xalqaro musobaqalarga ham taalluqli bo‘lish ehtimoli bor. 

Ma’lumot o‘rni, Fonseka hozirgi jamoasini 2024 yilning 31 yanvarida qabul qilgan edi, u bunga qadar A Seriyaning “Milan” klubida ham ish olib borgan. Eng qizig‘i shundaki, ushbu jazosi uning 52 yoshga to‘lgan kunida e’lon qilindi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!