“Milan”ga Shomurodov kerak!

  • 1 iyun, 2021, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transfer bozori ochilmasidan turli shov-shuvli xabarlar chiqa boshladi. Dastlab, qishki transferlar vaqtida “Yuventus” Eldor Shomurodovga qiziqayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan, keyinchalik “Jenoa” prezidenti turinliklar haqiqatan ham o‘zbek futbolchisini surishtirganini tasdiqlagan edi.

Tecno

Mavsum yakuniga yaqin Joze Mourino “Roma” bosh murabbiyligini qabul qilib olishi hal bo‘lganidan keyin hamyurtimizga Rim klubidan qiziqish borligi ma’lum bo‘ldi.

Yaqinda “Jenoa” ijtimoiy tarmoqlar orqali Milan Badel va Eldor Shomurodov suratini qo‘ygani ko‘pchilik tomonidan o‘zbek hujumchisining Milan klublari e’tiboriga tushganini anglatishiga yo‘ymoqda.

Italiyada esa, “Milan” jamoasi muxlislari bu transferni muhokama qilishni boshlab yubordi. Milanlik ishqibozlarning aksariyati Shomurodov jamoani kuchaytirishga qodirligini aytmoqda.

188826507_4594841467193404_711851609180389899_n

E’tiboringizga “Milan” fanatlarining Shomurodov haqidagi fikrlarini havola qilamiz.

Tommaso Villano:

Yakunlangan mavsumning boshi moslashish jarayoni bo‘ldi va chempionat oxiriga kelib o‘zbek hujumchisi 6 ta uchrashuvda beshta gol urdi. Bitta golga o‘rtacha 76 daqiqa sarfladi. Agar u “Milan”da ham shu darajada o‘ynay olsa, albatta, jamoani kuchaytirgan bo‘ladi.

Simone Battista:

Har qanday vaziyatda ham Shomurodov Manjukich va Leauga qaraganda jamoa uchun foydali futbolchi hisoblanadi. Chunki bu ikkisidan yomon o‘ynashning iloji yo‘q!

Mauro Bianchini:

Bu transferda mantiq bor. Shomurodov – A Seriyadagi zaxiradan tushib gol urish bo‘yicha eng zo‘r hujumchi. U o‘yinga qo‘shilganidan keyin to‘rtta gol urdi va bitta golli pas oshirdi. Zaxira futbolchilari orasida bunaqa samaradorlikka har kim ham erisha olmaydi. Bunaqa hujumchi bizga aniq kerak bo‘ladi!

Francesco Franci:

Moliyaviy inqiroz nimalargni keltirib chiqarmoqda. Top-futbolchilar o‘rniga A Seriyaning o‘rtamiyona jamoalaridan o‘yinchi olishga majburmiz.

Maurizio Peccolo:

Menda g‘alati hissiyot bor. Oxirgi marotayuba “Jenoa”dan hujumchi olganimizda u o‘zini ko‘rsata olmagan edi. 35 million evroga xarid qilingan Kshishtof Pyontek “Milan”da o‘zini ko‘rsata olmaganidan keyin uni 24 million evro evaziga qo‘yib yuborgandik. Shomurodovning transferi ham shunday bo‘lib chiqmasligiga umid qilamiz.

Vincenzo Marignoli:

Bu transferning tarixiy asosi bor. O‘z davrida Andrey Shevchenko va Kaxa Kaladze klubimiz afsonalariga aylangan. Shuning uchun bizga sobiq Ittifoq hududidan yana bir futbolchi kerak bo‘ladi!

Alvaro Campeti:

Chempionlar ligasi oldidan tarkibni kuchaytirish kerak. Yo‘qsa kunimiz 40 yoshli qariya Zlatan Ibrohimovichga qolib ketadi.

Francesco Manna:

Eldorning o‘yinini “Jenoa”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvimizda ko‘rganman. Harakatchan va kurashuvchan hujumchi. Birinchi goluni aynan uning zarbasini  Janliuji Donnarumma qaytarganidan keyin o‘tkazib yuborgandik. Darvozabondan qaytgan to‘pni Mattia Destro to‘rga joylagandi.

1596709630_0_0_3072_1728_1920x0_80_0_0_0efa6aaafc93416311d414274cb1dc44

Debyut mavsumida Italiya futbolida sakkizta gol urib, ikkita golli pas uzatgan Eldor Shomurodovga turli jamoalardan qiziqish va hatto takliflar bo‘lishi tabiiy hol, albatta. “Milan” muxlislarining munosabati bizni xursand qilmay qolmaydi. Demak, Shomurodov atrofidagi yangiliklarni kuzatishda davom etamiz...

 Shomurodov qanday hujumchi ekanini kelasi mavsum ko‘rsatib beradi!

Shomurodovni yulduzli onlar kutmoqda!

Shomurodovning keyingi manzili grand klub bo‘ladi(mi?)

Shomurodov zo‘rligini isbotlab qo‘ygan o‘yinda necha ballga loyiq ko‘rildi?

Bizga Shomurodov kerak!

Shomurodovning bu “ishini” faqat futbolchi va murabbiylar biladi xolos!

Yaxshiyam Shomurodov bor ekan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
LiViRpUl+ GeNeO
01/06/2021 09:19
Milanga utsa buladi chunki yaxwi playmekerlar bor menga qolsa milanda qolib ketib mahratini kuchaytirib katta murabiy bulgani yaxwi oxrigi joy milan kegin yowi ham to'g'ri kelmay qoladi omadyor bulsin ukajon
TV TV
01/06/2021 10:01
Гап йук. Шомуродов хакида афсонавий Милан мухлислари шунчалик гапиряпди. Демак Элдорни Топ клубларда уйнашга хам кучи етади бемалол. Демак Элдор Европада номи чикишни бошлабди. Омад Элдор. Факат ва факат сен учун дуо киламиз. Омадингни берсин, бундан хам юкори марраларни забт килгин. Йулинг доимо очик булсин. Терма жасоамиз ЖЧга чикмаганига яраша сенга ухшаган йузбекнинг мард йигитлари билан овуниб юрамиз. 1999 йилдан бери футболга кизикишни бошладим. Неча йиллар кутдим Узбекистонни ЖЧ га чикишини кутдим, ишкилиб армон булиб колмаса булди.
&
Турсун Ғани
02/06/2021 02:35
ШУНАҚА ЯҲШИ САВИЯЛИ ТЎП УЗАТАДИГАН ҲУЖУМНИ ЯҲШИ КЎРАДИГАН ЖАМОАГА ЎТСА ЎЙИНИНИ КУЗАТИШ ЯНАДА ЯХШИ БЎЛАРДИ. ЎЗИ ҲАМ БУНДАНДА КЎПРОҚ ГОЛЛАР УРАРДИ, ЎТГАН МАВСУМ РОЛАНДО МОРАННИНГ ЖЕНОА СИ РОСА ЗЕРИКТИРДИ ЙОЛЧИТИБ ҲУЖУМ ҚИЛМАСДИ, ДАВИДИ БАЛЛАРДИНИ КЕЛГАЧ БИР НАВГА ЎЗГАРДИ ЖАМОА. ЭЛДОРГА РОМА ЁКИ МИЛАН, ЮВЕ КАБИ ЖАМОАЛАРГА ЎТИШ ФОЙДАЛИ ЎЗИ УЧУН. КУТИБ ҚОЛАМИЗ ЯНГИЛИКЛАРНИ. ОЛҒА ЭЛДОР ГОЛЛАР УРИШ НАВБАТИ ЭНДИ МТЖДА СИНГАПУР, САУДИЯ АРАБИСТОН ДАРВОЗА ТЎРЛАРИ ГОЛЛАРИНГНИ КУТМОҚДА.