"Milan" "Roma" hujumchisini to‘liq sotib oladi

  • 16 aprel, 18:51
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Milan" hujumchi Temmi Abraxam bo‘yicha rejalarini belgilab oldi.

"Corriere dello Sport" nashrining xabar berishicha, "rossonerilar" bosh murabbiy masalasidagi noaniqlikka qaramay, Abraxamni "Roma"dan sotib olishga qaror qildi.

Abraxam o‘tgan yili yoz oxirida "Milan" safiga kelib qo‘shilgandi. O‘shandan beri u 40 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Nufuzli Transfermarkt portali 27 yoshli Temmi Abraxamni 15 million evroga baholamoqda. Hozirgi vaqtda "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinni band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!