
"Milan" "Real" futbolchisini ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Teo Ernandes yangi mavsumni "Milan"da boshlaydigan bo‘ldi.
Football-Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "rossonerilar" 21 yoshli futbolchini keyinchalik 20 mln evroga sotib olish sharti bilan bir mavsumga ijaraga olishadi. Keyin esa Ernandes “Milan” bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 1,8 mln evro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, Ernandes o‘tgan mavsumni “Real Sosedad” safida ijarada o‘tkazgan va 25ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar