"Milan" Pulishichning transferini qachon rasmiylashtirishi ma’lum

  • 7 iyul, 2023, 10:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" vingeri Kristian Pulishich tez orada "Milan" libosini kiyadi.

Tecno

24 yoshli amerikalik "aristokratlar"dan uni A Seriya klubiga qo‘yib yuborishlarini so‘radi. Insayder Fabritsio Romanoning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, transfer bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichi buguni bo‘lib o‘tadi va shundan so‘ng tomonlar murosaga kelishi kutilmoqda. “Rossonerilar” vakillari kelishuv 24-48 soat ichida yakunlanishiga ishonch bildirishmoqda.

Kristian Pulishich 2019 yildan beri “Chelsi” sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u londonliklar tarkibida jami 145 ta o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol urdi va 21 golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!