"Milan" Leau bilan shartnomani uzaytira olmasa, boshqa futbolchi sotib oladi

  • 8 dekabr, 2022, 00:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" Rafael Leau bilan hamon shartnomani uzaytira olmadi. Endilikda, klub uning o‘rniga boshqa futbolchi olib kelishni o‘ylayapti. Variantlar orasida "Manchester Siti" futbolchisi Jek Grilish ham bor.

Tecno

"CalcioMercatoweb" nashri berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu transfer 70 million evroga baholanmoqda. Angliya klubi vingerni 117 million evroga xarid qilgandi. "Shaharliklarning o‘zi ham ushbu transferga qarshi emas. Sababi, jamoa kelasi yozda Jud Bellingemni sotib olmoqchi.

Jek Grilish ushbu mavsum "Manchester Siti tarkibida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!