"Milan" Evropada sharmanda bo‘lmoqda

  • 31 yanvar, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2023 yilda "Milan" ketma-ket mag‘lubiyatlari bilan muxlislari hafsalasini pir qila boshladi. Agar so‘nggi uchta o‘yinni oladigan bo‘lsak, Stefano Pioli shogirdlari ularda dahshatli mag‘lubiyatlarni qabul qilib oldi. Jumladan, "Inter"ga 0:3, "Latsio"ga 0:4 va "Sassuolo"ga 2:5 hisobida imkoniyat boy berildi.

Tecno

Qizig‘i shundaki, joriy yil gol o‘tkazib yuborish bo‘yicha Evropaning top-5 chempionatida ishtirok etuvchi barcha 98 jamoa ichida eng yomon ko‘rsatgich aynan “Milan”ga tegishli bo‘lib turibdi. Yakunlanib borayotgan yanvar oyidagi o‘yinlarda "rossonerilar" o‘z darvozalaridan jami 18 ta gol o‘tkazib yuborishdi.

2023 yilda o‘tkazib yuborilgan gollar bo‘yicha top-5 chempionatlardagi eng yomon beshta jamoa ro‘yxati quyidagicha ko‘rinishda: “Milan” (18), “Ayachcho” (15), “Salernitana” (14), “Monpele” (13), “Trua” ( 12).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!