
Midori Xonda: "Barcha yurtdoshlarimizni qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun uchrashuvlarga taklif qilib qolaman"
Bugun ayollar o‘rtasida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining Osiyo mintaqasi saralash bosqichi “A” guruhi uchrashuvlari oldidan jamoalar bosh murabbiylari va futbolchilar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Midori Xonda
Saralash bosqichi haqida:
Biz bu o‘yinlarga qadar bir yil mobaynida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazdik. O‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Umuman olganda, bu bosqichga etarlicha tayyorgarlik ko‘rdik, deb o‘ylayman.
Raqiblar haqida:
Raqiblarimizni o‘rganib bordik va futbolchilarga ular haqida ma’lumotlar berib keldik. Xorijda tajribali jamoalarga qarshi o‘yin o‘tkazdik. Doimiy ravishda o‘yinimizni tahlil qilib bordik. Bu o‘yinlar bizga mazkur bosqichda yordam beradi.
Raqiblarimizni kuchsiz hisoblamaymiz. Menda raqibni mensimaslik, degan tushuncha yo‘q. Xususan, qizlarimiz ham bunday fikrda emas. Ular bu o‘yinlarda raqiblarni hurmat qilgan holda maydonga tushadilar.
Tarkib haqida:
Bizda yo‘qotishlar yo‘q. Jarohat olganlar ham sekin-astalik bilan tarkibga qaytmoqda. O‘yinlarga tayyormiz. Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash va motivatsiya berish uchun uchrashuvlarga taklif qilib qolaman.
Kamila Zaripova
Saralash bosqichi haqida:
Murabbiy aytganidek, saralash bosqichiga qadar biz etarli tayyorgarlik ko‘rdik deb o‘ylayman. Xorijda ham o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazdik va ko‘plab kuchli jamoalarga qarshi o‘ynadik.
Jamoaning ichki muhiti haqida gapirsam, hammasi yaxshi holatda. Biz bir-birimizni qo‘llab-quvvatlagan holda harakat qilmoqdamiz. Barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz.
Fikrlar