"Metallurg" lageridan daraklar. Jamoada qanday yangiliklar bor?

  • 16 iyul, 2022, 15:26
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bekoboddagi o‘quv-mashg‘ulot maskanida to‘plangan “Metallurg” jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Har kuni ikki mahaldan mashg‘ulotlar davom etmoqda. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Roberto Ovexero “Metallurg” o‘yinchilari bilan juda tez chiqishib ketdi. Uning tomonidan taqdim etilayotgan mashqlar turkumi futbolchilarga manzur bo‘layapti.

Tecno

Kunning birinchi yarmida trenajer zalida shug‘ullanayotgan futbolchilar kechki mashg‘ulotlarni “Metallurg” markaziy stadionida o‘tkazyapti. Shu o‘rinda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo kubogi bahslarida jarohat olgan "Metallurg" vakili Ibrohim Ibragimov ham umumiy mashg‘ulotlarga qaytganligini ta’kidlash lozim. Bundan tashqari jamoaga ikkinchi davradan e’tiboran qabul qilingan Anvarjon G‘ofurov ham yangi do‘stlar mashg‘ulotiga qiyinchiliksiz kirishib ketdi.

Superliganing ikkinchi davra bahslari boshlangunga qadar “Metallurg” bir qator ko‘rik uchrashuvlarida maydonga tushishni rejalashtirgan. Ularda dastlabkisi 20 iyul sanasida Bekobodda Pro-liga vakili “Andijon” jamoasiga qarshi o‘tkaziladi. Keyingi sparring raqib esa OFK kubogining mintaqaviy final uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rayotgan Tojikistonning “Xo‘jand” jamoasidir. Xo‘jandliklarga qarshi o‘yin 23 iyul sanasiga rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!