
"Metallurg" ikkinchi davraga tayyorgarlikni 12 iyuldan boshlaydi
Ikki kun muqaddam “Turon” jamoasiga qarshi 8-turning qoldirilgan o‘yinini o‘tkazgan Bekobodning “Metallurg” futbolchilariga qisqa muddatli ta’til berildi. Jamoaning chernogoriyalik murabbiylari ham o‘n kunga o‘z Vatanlariga jo‘nab ketishdi. Murabbiylar shtabi hamda futbolchilar endi 12 iyul sanasida Bekoboddagi qarorgohida to‘planishadi.
Futbolchilar dam olishga ketgani bilan klubda ish qizg‘in davom etmoqda. Klub rahbariyati, selektsioner murabbiylar ikkinchi davraga jamoa tarkibini kuchaytirish borasidagi ishlar bilan band. O‘z navbatida klubning qolgan tizimlari ham rejaga binoan faoliyatlarini davom ettirishyapti.
"Metallurg" matbuot xizmati.
Fikrlar