
"Metallurg" etakchi futbolchilari bilan xayrlashdi
Yozgi transfer oynasida barcha jamoalarda bo‘lgani kabi “Metallurg” futbol klubida ham o‘zgarishlar davom etmoqda.
Kecha Bekobod jamoasi Salamat Quttiboev hamda Fozil Musaevlar bilan ikkiyoqlama shartnomani bekor qilishdi. Endilikda jamoaning sobiq sardori hamda vitse-sardorlari o‘z faoliyatlarini boshqa klublarda davom ettirishadi.
Salamat Quttiboev birinchi davrada “Metallurg” tarkibida 9 ta o‘yinda maydonga chiqdi. 713 daqiqa harakat qilib, 3 marta ogohlantirildi. Fozil Musaev esa 9 ta uchrashuv davomida maydonda 514 daqiqa harakat qildi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Fikrlar