
Mesut O‘zil "Tottenxem"ning yomon seriyasi haqida: "Ular qaytdi"
"Tottenxem" APLning 15-turida "Vest Xem"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, g‘alabasiz seriyasini davom ettirdi. Qiziqarli tomoni mazkur o‘yinda "shporlar" hisobni ochgan edi. David Moyez shogirdlari kambek qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, London klubi o‘yinda birinchi bo‘lib gol urib, ketma-ket 5 ta bahsda g‘alaba qozona olmagan yagona jamoaga aylandi. Mazkur statistika "Opta" nashri tomonidan chop etilgan. Shuningdek, sobiq "Arsenal" futbolchisi Mezut O‘zil xabarga o‘z reaktsiyasini bildirdi.
Tarjimasi: "Bu rekordni yana kim ham yangilay olardi. "Bottle Job" klubi qaytdi". Bu atama har doim yomon natijalari bilan eslanadigan klub yoki sportchiga nisbatan ishlatiladi.
Bilamizki, "Arsenal" va "Tottenxem" doimo bir-birini yomon ko‘rib kelgan. Ular ishtirokidagi o‘yinlar kurashlarga boy o‘tadi. Aynan mana shunday muhitdan keyin O‘zilda "shporlar"ga nisbatan nafrat uyg‘ongan.
Ma’lumot uchun, so‘nggi marta "Shimoliy London derbi"sida tomonlar durangga imzo chekkandi.
Fikrlar