Messining “Real“ga qarshi o‘yinlarda omadi kelmayapti

  • 11 mart, 2022, 11:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messidan so‘nggi paytlarda “Real“ga qarshi o‘yinlarda omad yuz o‘girmoqda. U “qirollik klubi“ bilan bo‘lib o‘tgan oxirgi 9 o‘yinda birorta samarali harakat amalga oshirmadi.

Tecno

So‘nggi bor Leo 2018 yil may oyida “qaymoqranglilar“ darvozasiga urishga erishgandi. O‘shanda “Barselona“ o‘z uyida “Real“ bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan.

PSJ safida ham Messi azaliy raqibiga qarshi samarasiz harakat amalga oshirdi. Dastlabki o‘yinda uning penaltidan tepgan to‘pini Tibo Kurtua qaytarib qoldi.

Ma’lumot o‘rnida, Lionel Messi faoliyati davomida “Real“ga qarshi o‘yinlarda 26 gol va 14 assist egasiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!