Messini qo‘rqitgan hujumchining ishlari yurishib ketdi

  • 8 yanvar, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarda bo‘lgan jahon chempionatining chorak finalida Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi turnirdan chiqib ketishiga bir bahya qoldi.

Tecno

Bunga argentinaliklar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan Vaut Vexgorst sababchi bo‘ldi. Keyinchalik janubiy amerikaliklar penaltilar seriyasida g‘olib chiqqan bo‘lsa-da, Lionel Messi o‘zining so‘nggi jahon chempionatidan quruq qaytish ehtimolidan cho‘chib qoldi.

“Beshiktosh”da o‘ynayotgan Vaut Vexgorst esa, faoliyatini superklubda davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. “Manchester Yunayted” rahbariyati 30 yoshli niderlandiyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashni boshladi. 

Vexgorst Turkiyada ijara asosida to‘p tepmoqda. Aslida bu futbolchi Angliya Chempionshipida qatnashayotgan “Byornli” jamoasi hujumchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!