Messidan dastxat so‘ragan hakam jazolanishi mumkin

  • 22 fevral, 16:17
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messidan dastxat so‘ragan hakam jazolanadi.

"Inter Mayami" KONKAKAF Chempionlar kubogining birinchi bosqichida "Kanzas Siti"ni mag‘lub etdi (1:0). Argentinalik hujumchi o‘yindagi yagona golni kiritdi.

Tecno

O‘yin yakunida bosh hakam Marko Antonio Ortis Nava Messiga yaqinlashdi - dastlab u hujumchining futbolkasini so‘ragani aytilgan edi, ammo aslida nogironligi bor qarindoshi uchun imzo olmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

KONKAKAF meksikalik hakamga nisbatan intizomiy choralar ko‘rdi.

"O‘tkazilgan tergov davomida hakamning nogironligi bo‘lgan oila a’zosi uchun futbolchidan imzo so‘rash maqsadida yaqinlashgani aniqlandi. Hakamning xatti-harakatlari konfederatsiya o‘yinlaridagi rasmiy shaxslarning xulq-atvor kodeksiga va bunday iltimoslar bo‘yicha amaldagi tartib-qoidalarga zid bo‘ldi" - deyiladi tashkilot bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!