
Messi: "Zo‘r davr uchun Ronalduga minnatdorchilik bildiraman"
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan o‘rtadagi raqobat borasida gapirib o‘tdi.
"Ronaldu bilan o‘rtadagi raqobat? Bu davr uchun u ajoyib edi va odamlar intrigadan rohatlanishdi. Individual tomondan ikkimiz ham super sayohatni boshdan kechirdik.
Zo‘r davr uchun unga minnatdorchilik bildiraman. Butun faoliyatim davomida men Ronaldu bilan bir vaqtda to‘p tepganimdan faxrlanaman", - dedi Leo.
Eslatib o‘tamiz, Argentina va Frantsiya terma jamoalari o‘rtasidagi final bahsi bugun 20:00 da start oladi.
Fikrlar