Messi Turkiya Superligasiga yo‘l olishi mumkin

  • 6 noyabr, 14:51
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

MLSda uchinchi mavsumini o‘tkazayotgan Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan o‘z jismoniy formasini saqlab turish maqsadida vaqtinchalik boshqa klubga o‘tishni rejalashtirmoqda.

Tecno

"RMC Sport" xabarga ko‘ra, argentinalik futbolchining vakillari dastlab Saudiya Arabistoni jamoalariga murojaat qilgan, biroq mamlakat sport rahbariyati bu taklifni rad etgan.

Turkiyaning "Fotomac" nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Messi "Galatasaroy" bilan to‘rt oylik shartnoma tuzishi mumkin. Klub futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jamoa joriy mavsumda Osimhen, Sane va Gyundogan kabi yulduzlarni ham o‘z safiga qo‘shib olgan va hozirda Turkiya chempionatida 29 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!