
Messi tug‘ilgan kunida xet-trik muallifi bo‘ldi. O‘yinda 12 ta gol urildi!
Kecha Lionel Messi o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlaganidan xabaringiz bor. Shuningdek, mazkur sanada Leo do‘sti va Argentina terma jamoasida to‘p tepgan Maksi Rodrigesning xayrlashuv uchrashuvida ham ishtirok etdi.
Bahs Rosario shahrida "Nyuellz Old Boyz" klubining uy stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Argentina terma jamoasi "Nyuellz Old Boyz" jamoasiga qarshi saf tortdi.
Sobiq va hozirgi futbolchilar o‘rtasida kechgan bellashuv 7:5 hisobida terma jamoa g‘alabasi bilan yakun topdi. Messi birinchi bo‘limda 3 ta gol urdi.
Ma’lumot o‘rnida, Maksi Rodriges faoliyatini 2022 yil yanvar oyida yakunlagandi. Yarim himoyachi Lionel kabi "Nyuellz Old Boyz" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Qolaversa, Maksi faoliyati mobaynida "Atletiko", "Liverpul" kabi klublar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar