Messi qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi
“Inter Mayami” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi garchi “Barselona”dan majburan ketgan va klub rahbariyati bilan munosabati buzilgan bo‘lsa-da, hozir ham ushbu jamoaga muxlislik qilishini tasdiqladi.
- “Barselona”ga hamon muxlislik qilaman. Hozirgi jamoamda ilgari Kataloniyada birga o‘ynagan bir necha futbolchi bor. Ular bilan birga hardoim “Barselona”da bo‘layotgan voqealarni, natijalarni muhokama qilamiz, - dedi Messi Sport.es nashriga bergan intervyusida.
Messi hozir “Inter Mayami”da “Barselona”dagi sobiq jamoadoshlari Luis Suares, Serxio Buskets va Jordi Alba bilan birga o‘ynayapti. Jamoa bosh murabbiyi Xaver Maskerano ham o‘z davrida Leo bilan birga to‘p tepgan.
Faoliyatining asosiy qismini “Barselona”da o‘tkazgan argentinalik yulduz bu jamoa safida jami 778 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 672 ta gol va 303 ta assist yozdirib qo‘ygan. Bu davrda u 10 marta Ispaniya chempioni, 7 bor mamlakat kubogi sohibi va 4 marotaba Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan.



Fikrlar