Messi o‘rniga Muhammad Saloh

  • 18 iyun, 2023, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati Lionel Messi o‘rniga “Liverpul” yulduzi Muhammad Salohni olib kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Sports Zone” nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, PSJ xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy misrlik hujumchi bilan uchrashgan. Har ikki tomon do‘stona aloqada ekani aytilmoqda. Uchrashuv Marokashda bo‘lgan.

Nasser Al-Xelaifiy “Livepul” tarixida eng ko‘p gol urgan Muhammad Saloh klubni tark etgan Lionel Messiga munosib o‘rinbosar bo‘la olishiga ishonmoqda.

Transfer mutaxassislarining tahliliga ko‘ra, qiyin bo‘lsa-da, bu transferning imkoni bor. “Diverpul” muvaffaqityasiz mavsumdan keyin tarkibini qayta shakllantirmoqda. Bu jarayonda klub mutasaddilari futbolchilar bo‘yicha daromad keltiradigan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!