
Messi oldida qaltirab qoldim
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister mashhur futbolchi Lionel Messi bilan birinchi bor uchrashgandagi holati haqida gapirib berdi.
- Messiga ilk bor ro‘baro‘ kelganimda hayajonlanganman va qo‘llarim qaltirib qolgan. Men uyatchan bolaman, shuning uchun ham asabiylashgan edim. Keyinroq Leoning kamtar yigit ekaniga amin bo‘ldim.
Kelganimizda u kechki ovqatni tanavvul qilayotgan edi. Salomlashish uchun oldiga bordim. Qo‘lim qaltirar, o‘zim terlab ketgan edim. Shunga qaramay, bu ajoyib davr edi, - dedi Aleksis Mak Allister.
Mak Allister Argentina terma jamoasini chempionga aylantigan mundialda oltita uchrao‘uvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga bittadan gol va assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar