Messi nega yig‘ladi?

  • 8 mart, 2022, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yaqin o‘tmishning eng zo‘r hujumchilaridan Terri Anri Lionel Messining “Barselona”dan ketganiga munosabat bildirdi.

- Lionel “Barselona”ni tark etayotganida yig‘ladi. Chunki klubdan ketish uning rejasida yo‘q edi. Agar sen biror joydan umuman ketmayman, deb o‘ylasang va kutilmaganda, vaziyat boshqa tomonga o‘zgarsa, hissiyotlarni jilovlab bo‘lmaydi.

Odamlar “Hammasi joyida, Parijda uning hamma narsasi etarli”, deb o‘ylaydi. Aslida undan emas, - dedi Terri Anri.

AP21220366321997-pic905-895x505-43599

Lionel Messi PSJga o‘tganidan keyin avvalgi samaradorlikni qayd eta olmayapti. Argentinalik hujumchi Frantsiya chempionatida 17 ta o‘yinda atigi ikkita to‘p kiritdi xolos. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!