Messi muddatidan avval Madridga etib keldi

  • 5 noyabr, 2021, 11:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messi ancha vaqtdan buyon rejalashtirilib kelayotgan davolanish uchun bir kun avval Madriddagi klinikaga etib keldi. 

Bir necha soat davomida argentinalik futbolchi chap sonning orqa qismida ikkita terapiya mashg‘ulotini o‘tkazdi. Bu jarohat Leoni 2 sentyabr kuni "JCh-2022" saralashidan o‘rin olgan Venesuelaga qarshi o‘yindan buyon qiynab kelayotgandi. 

Darvoqe, avvalroq Messining tizzasidan jarohat olgani haqida xabarlar chiqayotgandi. Biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, uning tizzasidan hech qanday shikoyati yo‘q. 

Tecno

34 yoshli hujumchi o‘tgan hafta "Lill"ga qarshi bahsda ikkinchi bo‘limda zaxiraga olindi. Shuningdek, "Leyptsig" bilan o‘yinda umuman qaydnomaga kiritilmadi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!