
Messi: "Men uning yuziga qarashga jur’at eta olmasdim"
"Inter Mayami" hujumchisi va futbol afsonasi Lionel Messi "Barselona"da Terri Anri bilan birga o‘ynagan davrlari haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"U kiyinish xonasiga birinchi kirgan kuni men uning yuziga qarashga jur’at eta olmadim. U Angliyada qanday darajada o‘ynaganini juda yaxshi bilar edim. Menda uning posteri bor edi. keyin esa, birdaniga jamoadosh bo‘lib qoldik.
Titi |(Anrining laqabi) haqida qanday his-tuyg‘ularim borligini eng yaxshi ifodalovchi so‘z — bu "hayrat". Men uning imkoniyatlarni osonlik bilan golga aylantirishini yaxshi ko‘rardim. U darvoza tomon yo‘l ochib, hujumni yakunlar edi. Uning harakatlari, dribblingi, zarbalari — hammasi juda silliq edi", — deya Messi so‘zlarini keltirdi Give Me Sport.
Eslatib o‘tamiz, Terri Anri "Barselona" safida 2007 yildan 2010 yilgacha faoliyat olib borgan.
Fikrlar