
Messi: Men seni eng zo‘r futbolchiga aylantiraman!
Braziliyalik futbol yulduzi Neymar 2017 yili “Barselona”dan PSJga o‘tayotgan payt Lionel Messi unga nima deganini oshkor qildi.
- Messi mening oldimga kelib, “Sen nega ketyapsan? Sen dunyoda eng zo‘r futbolchi bo‘lmoqchimisan? Men seni eng zo‘r o‘yinchiga aylantira olaman”, degan edi, - deb esladi Neymar.
Neymar Kataloniya superklubi safida 2013-2017 yillar davomida to‘p tergan. “Barselona” futbolchisi sifatida 186 ta uchrashuvda qatnashib, 105 ta gol va 76 ta assist qayd etgan.
Parij klubi braziliyalik yulduzni o‘z safiga qo‘shib olish uchun kataloniyaliklarga 222 million evro to‘lagan va bu summa hozir ham rekord hisoblanadi.
Keyinchalik Lionel Messi “Barselona”dan ketib, ikki mavsum davomida Neymar bilan birga “Pari Sen-Jermen” sharafini himoya qildi. 2023 yilning yozida argentinalik yulduz AQShga, braziliyalik hujumchi Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi.
Fikrlar