Messi Laportani “Barsa” taxtidan ag‘daradi

  • 11 noyabr, 11:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning sobiq futbolchisi Lionel Messi 2026 yili klub prezidentligiga bo‘ladigan saylovlarda Joan Laportaga oppozitsiya bo‘lgan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi.

Tecno

ABC nashrining ma’lum qilishicha, argentinalik yulduz klubni boshqarib kelayotganJoan Laportani o‘zining Kataloniyadan ketishida bosh aybdor, deb biladi. Messi klub 2021 yili undan kelishilgan shartnomani qaytarib olganini o‘ziga nisbatan xiyonat ekanini ta’kidlagan.

Messi keyingi yili bo‘ladigan saylovda faqatgina g‘olib chiqish uchun loyiq bo‘lgan va shunday imkoniyatga ega nomzodnigina qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Saylovga nomzod tayyor bilan shug‘ullanayotgan mavjud guruhlar Joan Laportaga qarshi tura oladigan yagona variant topish yo‘lida birlashmoqchi. Ularning asosiy maqsadi Lionel Messini o‘z tomonlariga og‘dirib, shu orqali muxlislarning ommaviy qo‘llab-quvvatlashiga erishishdir.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi “Barselona”ning eng zo‘r tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Jamoada uzoq yillar o‘ynaganiga qaramay, argentinalik yulduz 2021 yilda qadrdon klubini tark etdi. Garchi Leo maoshini sezilarli darajada pasaytirishgan ko‘ngan bo‘lsa-da, Joan Laporta xarajatlarni kamaytirish maqsadida Messiga berilgan bitimni qaytib olgan.

Buning oqibatida “Pari Sen-Jermen”ga o‘tib ketishga majbur bo‘lgan Messining Kataloniya klubi rahbariyati bilan munosabatlari jiddiy tarzda buzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!