Messi kelmay turib, “Inter Mayami” barcha o‘yinlar uchun chiptalarni sotib bo‘ldi

  • 12 iyun, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi “Inter Mayami”ga hozirdan foyda keltira boshladi. Argentinalik yulduz hali AQShga qadam bosgani yo‘q.

Tecno

Shunga qaramay, “Inter Mayami” AQSh chempionatida uy va safar uchrashuvlari uchun ajratilgan barcha chiptalarni sotib bo‘ldi.

Klub jahon chempionini qo‘lga kiritganini e’lon qilganidan keyin chiptalar narxi 3,5 mng dollargacha ko‘tarilgani qayd etilgan.

Messi kelishuvga ko‘ra, amerikaliklar ko‘z o‘ngida uch yil to‘p tepishi kerak bo‘ladi. “Inter Mayami” uning har bir mavsumi uchun 43 million funt maosh to‘lashi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!