Messi: Jahon chempioni bo‘lmaganimda meni boshqa ko‘rmasdingiz!

  • 17 iyun, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi agar Argentina 2022 yili Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida g‘olib chiqmaganida xalqaro faoliyatini yakunlagan bo‘lishini aytdi.

Tecno

- Menga Qatardagi jahon chempionati juda yoqdi. Chunki u men uchun oxirgisi bo‘lishini bilardim. Rostini aytsam, agar biz chempion bo‘la olmaganimizda meni milliy terma jamoada ko‘rmasdingiz.

Men klub miqyosida va shaxsiy sovrinlarning barchasini qo‘lga kiritdim. Lekin terma jamoam bilan jahon chempioni bo‘lmaganimda bir nima etishmayotgandek his bo‘laverardi.

Bugun men jahon chempioni sifatida terma jamoani tashlab keta olmayman va har bir lahzadan quvonch olishni istayman. Bu  menga xotirjamlik bag‘ishlamoqda, - dedi Lionel Messi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!