Messi Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyini yig‘latdi

  • 21 dekabr, 2022, 15:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" klubi va Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Arrigo Sakki JCh-2022da g‘olib bo‘lgan Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messini maqtadi. Italiyalik mutaxassis Messi jahon chempionati kubogini boshi uzra ko‘targanida ko‘z yoshlarini tiya olmaganini tan oldi.

Tecno

“Messi jahon chempionati kubogini ko‘targanida, rostini aytsam, yig‘lab yubordim. Men o‘sha lahzada uning butun faoliyati, barcha sovrinlari va qancha vaqtgacha jahon chempionatlari la’natini sindira olmagani haqida o‘yladim. Har doim u xuddi Maradona soyasida o‘ynashga va doimo nimanidir isbotlashga majbur edi. Maradona olib kelgan quvonchni xalqiga bera olmagani esa Messini ezdi. Ammo endi butun Argentina uning oyog‘i ostida”, - deya Sakki so‘zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!