
Messi “Inter Mayami” bilan shartnomani uzaytirmadi va Barselonaga qaytishga qaror qildi
2023 yilning yozidan beri AQSh chempionatida “Inter Mayami” jamoasida faoliyat yuritayotgan Lionel Messining amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirida yakuniga etadi.
Mayamiliklar sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi bilan hamkorlikni uzaytirish uchun muzokara olib bormoqda.
Relevo nashrining ma’lum qilishicha, 37 yoshli yulduz klub bilan shartnomani uzaytirishga ko‘nmayapti va Barselona shahridagi hayot tarzini qo‘msayapti.
Qolaversa, Messining oilasidagilar ham Barselonaga qaytish istagini bildirib kelmoqda. Messi professional faoliyatini yakunlaganidan keyin aynan mana shu shaharda yashashini ta’kidlagan edi.
Ma’lumki, Leo hayotining katta qismini Barselona shahrida o‘tkazgan. Shuningdek, “Barselona” futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Messi 2001-2021 yillar davomida “Barselona” klubi tarkibida 778 ta uchrashuvda ishtirok etib, 672 ta gol va 303 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar