Messi Barselonaga tashrif buyurdi!
Argentinalik yulduz Lionel Messi kecha “Nou Kamp” stadioniga yashirin tarzda tashrif buyurdi va bu haqda o‘z ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
“Kecha men juda so‘g‘ingan joyimga qaytdim. "Nou Kamp"da men eng baxtli odam edim. U joy menga ming marta dunyodagi eng baxtli inson ekanimni his qildirgan. Umid qilamanki, bir kun qaytam — faqat futbolchi sifatida xayrlashish uchun emas, chunki buni ilgari hech qachon amalga oshira olmagan edim",— deb yozdi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Messi MLSning “Inter Mayami” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.



Fikrlar