Messi “Barsa”ga qaytmoqchi!

  • 1 noyabr, 2021, 10:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messi “Barselona”ga qaytish istagi borligini ma’lum qildi.

Tecno

- “Barselona”ga qaytamanmi? Ha, men har doim bu klubga yordam berish imkoniyatiga ega bo‘lishni istashimni aytganman. Men yana “Barselona” ravnaqiga hissa qo‘shishni,  klub dunyodagi eng zo‘ri bo‘lib qolishini xohlayman, - dedi Lionel Messi.

Faoliyatining katta qismini Kataloniyada o‘tkazgan argentinalik yulduz 10 avgust kuni klubni tark etishga majbur bo‘lgandi. Bu Ispaniya ligasi reglamenti qoidasi sababli “Barselona” uni o‘z tarkibiga qo‘shib olish imkonini topa olmaganidan keyin sodir bo‘ldi.

PSJ safiga qo‘shilgan Lionel Messi Frantsiya chempionatida beshta uchrashuv o‘tkazib, hali gollar hisobini ochgani yo‘q. U parijliklar uchun faqat Evropa Chempionlar ligasida to‘p kiritdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!