Messi “Barsa” transferiga xalaqit qildi

  • 29 iyun, 2023, 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati anchadan beri “Fiorentina”ning tayanch yarim himoyachisi Sufyon Amrabatni transfer qilishni rejalashtirayotgan edi.

Tecno

Ayniqsa, marokashlik futbolchi o‘tgan yili Qatarda bo‘lgan jahon chempionatida yuqori saviyada o‘ynaganidan keyin uning xaridorlari ko‘payib ketdi. Sufyonning o‘zi ham Kataloniyaga ko‘chib o‘tishga tayyor edi.

Sport.es saytining yozishicha, Lionel Messining “Barselona”ga o‘tmagani Amrabatning transferini ham barbod qildi. Kataloniyaliklar argentinalik yulduzni qaytarganidan keyin maydon markazida muvozanat o‘rnatish uchun unga sherik sifatida Amrabatni o‘ynatmoqchi bo‘lgan ekan.

Endi Leo AQShga ketganidan keyin “Barselona”ning rejasi buzildi va ular 26 yoshli Amrabatni transfer qilmaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!