Messi Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi bilan urishib qolgani oshkor bo‘ldi

  • 23 yanvar, 2024, 11:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasida amaldagi chempion – Argentina terma jamoasi 17 noyabr kuni Urugvaydan 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.

Tecno

Jurnalist Sherkis Byalo o‘sha alamli mag‘lubiyatdan keyin Lionel Messi va bosh murabbiy Lionel Skaloni o‘rtasida ziddiyat vujudga kelgani haqida tafsilotlarni oshkor qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, kelishmovchilik o‘sha o‘yindan oldin boshlangan. Murabbiylar shtabi terma jamoaning bir necha futbolchisi muhim bahsga puxta tayyorlanish o‘rniga ziyofatlarga borib yurganidan xabar topganidan keyin vaziyat yanada keskinlashdi.

Oqibatda. Argentina terma jamoasi o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Urugvaydan mag‘lubiyatga uchradi va adashlar o‘rtasidagi janjal aynan mana shu vaziyatdan keyin bo‘lib o‘tgan.

Manbaning ta’kidlashicha, Messi va Skaloni o‘rtasidagi ziddiyat terma jamoaning o‘yiniga salbiy ta’sir qilmadi va ular 22 noyabr kuni Braziliya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratishdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Skaloni 2024 yilning yozida Amerika kubogidan keyin terma jamoa bosh murabbiyligini topshirishi haqidagi qarori aynan Messi bilan kelib chiqqan jaljal oqibatida qabul qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!