Messi AQShda qancha maosh olyapti?

  • 12 aprel, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘tgan yilning yozida AQShning “Inter Mayami” jamoasiga ko‘chib o‘tgan Lionel Messining okeanortida topayotgan maoshi miqdori oshkor bo‘ldi.

Xorij matbuotining yozishicha, argentinalik yulduz oyiga 1,6 million evro ishlab topmoqda.

Messi MLS chempionati vakillari orasida eng ko‘p maosh oladigan futbolchi hisoblanadi. “Inter Mayami” asosiy yulduziga har bir yil uchun 19,2 million evro maosh to‘layapti.

Leoning mayamiliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga imzolangan.

Messi AQShga kelganidan buyon “Inter Mayami” safida 20 ta uchrashuvda qatnashib, 17 ta gol va 9 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!