
Messi, penalti tepishni Ronaldudan o‘rgan!
Saudiya Arabistoni Professional ligasining 14-turida “An-Nasr” jamoasi “Al-Uhdud” bilan kuch sinashib, 3:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.
Riyodliklar hujumchisi Sadio Mane o‘yinda dubl qayd etgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu penaltini aniq bajardi.
2025 yildagi dastlabki golini urgan 39 yoshli portugaliyalik yulduz faoliyati davomidagi penaltilari sonini 202 tana etkazib oldi. Ronaldu shu zarbalardan 171 tasini darvoza to‘riga aniq joylagan.
Krishtianuning doimiy raqobatchisi Lionel Messi 11 metrlik nuqtadan zarba berish bo‘yicha biroz past ko‘rsatkich qayd etgan. "Inter Mayami"da o‘ynab kelayotgan argentinalik yulduz faoliyati davomida 140 marta nuqtaga yaqinlashib, 109 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu jahon futbolidagi rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi hisoblanadi va u umumiy gollari sonini 917 taga etkazib oldi.
Fikrlar