
Mersisayd derbisi jangovar durang bilan yakunlandi - 2:2 (video)
Angliya premer-ligasining 5-turida peshqadam “Everton” musobaqaning amaldagi chempioni hisoblangan hamshahari “Liverpul”ga qarshi bahs olib bordi.
Mersisayd derbisi shiddatli va gollarga boy kechdi. Yakunda 2:2 hisobida durang qayd etildi. Mezbonlar safida Maykl Kin (19') va Dominik Kelvert-Lyuin (81'), mehmonlar safida Sadio Mane (3') va Muhammad Saloh (72') gol muallifi bo‘ldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar