
Merab Dvalishvili va muxlic o‘rtasidagi janjal bo‘yicha yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
O‘ta engil vazn toifasida (61 kg) amaldagi UFC chempioni Merab Dvalishvili Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan "UFC 310" turnirida muxlis bilan yuz bergan to‘qnashuviga izoh berdi. Avvalroq jangchi qozog‘istonlik tadbirkor va Atirau viloyati kurash federatsiyasi prezidenti Arman Tugaev bilan janjallashgani ma’lum bo‘lgan edi.
“Bu qozoq – Umar Nurmagomedovning eski do‘sti, hatto ular birga vaqt o‘tkazgan eski suratlari ham bor. Bular shunchaki iflos hiylalar va dog‘istonliklarning provokatsiyasi xolos”, — deb yozdi Dvalishvili Tugaev bilan o‘zaro janjali tasvirlangan video ostida.
Eslatib o‘tamiz, gruziyalik sportchi navbatdagi jangini 18 yanvar kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan "UFC 311" turnirida o‘tkazadi. Unga rossiyalik Umar Nurmagomedov raqiblik qiladi.
Fikrlar