Meni “Real”ning ikki o‘yinchisi hayratga soldi

  • 20 noyabr, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi futbolchisi Franko Mastantuono jamoadoshlaridan kim uni eng ko‘p hayratda qoldirganiga haqidagi savolga  javob berishiga to‘g‘ri keldi.

Tecno

Shu yilning avgust oyida “qaymoqranglilar” safiga qo‘shilgan 18 yoshli argentinalik futbolchi yarim himoyachi Jud Bellingem va hujumchi Kilian Mbappeni alohida ta’kidladi.

- Jud va Kilian jamoada meni eng ko‘p hayratda qoldirdi. Bellingem – aqlbovar qilmas darajadagi o‘yinchi, uning texnikasi ajoyib, u o‘yinga juda katta ta’sir o‘tkazadi.

Mbappe – tug‘ma to‘purar, top-o‘yinchi,  - dedi Mastantuono Ispaniya ommaviy axborot vositalariga.

23 noyabr kuni “Real” La Liganing 13-turi doirasida o‘z maydonida «Elche»ni qabul qiladi. Ayni damda Xabi Alonso jamoasi Ispaniya chempionati turnir jadvalida “Barselona”ni uch ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!