Mendesh Yamal bilan bo‘lgan kurash haqida gapirdi!

  • 9 iyun, 12:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Nunu Mendesh Millatlar ligasi finalida Ispaniyaga qarshi o‘yindan so‘ng (2:2, penaltilar seriyasida 5:3) o‘z fikrlarini bildirdi. 
 
"Bu mavsum davomida yuz beradigan ko‘plab bellashuvlardan biri edi. Men ajoyib, texnik mahoratga ega, o‘yinda farq yarata oladigan futbolchilarga qarshi o‘ynadim. 
 
Bugun Yamalni to‘xtatib qola oldim va jamoa sovrin yutishiga hissa qo‘shganimdan xursandman"
- deya ta’rif berib o‘tdi parijliklar himoyachisi. 
 
Eslatib o‘tamiz, Mendesh kechagi bellashuvda to‘liq harakat qilib, jamoasining dastlabki goliga mualliflik qildi. Uning ushbu sa’y-harakatlarini Sofascore portali 8.7 ballga loyiq ko‘rdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!