
Mendesh: "Ronaldu yangi mavsumni qaerda boshlashi aniq!"
Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijozining kelajagi haqida yakuniy qarorini ma’lum qildi.
"Krishtianu jamoa manfaatini shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yadi. U "Yuventus" nafaqat yulduzi, balki klub etakchisi ham. U joriy va keyingi mavsumda Turin klubida libosida futbol tarixiga o‘zining nomini yozishda davom etadi", - deya Mendesh so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda TuttoSport nashri.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu "keksa sinor" safiga 2018 yil yozida kelib qo‘shilgan. Uning shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar