
Men ikkala oyog‘imda ham gol ura olaman!
“Manchester Yunayted”ning yangi hujumchisi Rasmus Xyoylunn o‘zining ustun jihatlari haqidagi savolga javob berdi.
Ma’lumki, manchesterliklar daniyalik 20 yoshli futbolchi uchun “Atalanta”ga 75 million evro to‘ladi va o‘yinchining natijalariga qarab, ma’lum miqdorda bonuslar ham ajaratadi.
* Eng muhimi – g‘alaba. Men har doim maydonga g‘olib bo‘lish uchun chiqaman. Albatta, men uchun gol urish ham muhim, buni murabbiy ham talab qiladi.
Aslida chapaqayman, lekin hujumlarni o‘ng oyog‘imda ham yakunlay olaman. Turli usulda gol ura olaman. “Atalanta” va Daniya terma jamoasida turli rollarni bajarishimga to‘g‘ri uklgan va har doim o‘zimga bo‘lgan ishonchni saqlab kelganman, - dedi Rasmus Xyoylunn.
Fikrlar