Men dunyoda eng zo‘rlaridan biriman!

  • 23 sentabr, 2024, 12:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” himoyachisi Vilyam Saliba o‘zining hozirgi darajasini juda yuqori baholamoqda. Uning fikricha, ayni paytda jahonning eng zo‘r markaziy himoyachilaridan biri bo‘lib turibdi.

Tecno

- Men hozirga qadar, ayniqsa, o‘tgan mavsumda to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qildi. Barcha harakatlarim jahondagi eng yaxshi markaziy himoyachi bo‘lishga qaratilgan. Hozir eng zo‘rlaridan biriman.

Eng zo‘ri bo‘lish uchun bir necha sovrinlarni yutish kerak. Menga aynan mana shunday yutuqlar etishmayapti. Futbolda sovrinlarga ega bo‘lsang, eng yaxshi o‘yinchi sifatida tan olinasan. Sovrinlar yo‘q ekan, eng zo‘ri bo‘lolmaysan, - dedi Vilyam Saliba.

Saliba “Sent-Eten” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Arsenal” himoyachini 2019 yili 30 million evroga xarid qilgan. Iste’dodli futbolchi keyinchalik tajribasini oshirish maqsadida “Nitstsa” va “Marsel”ga ijaraga berildi.

Vilyam 2022 yildan beri “kanonirlar”ning asosiy tarkibida to‘p tepib kelmoqda. U Frantsiya terma jamoasida 23 ta uchrashuvda ishtirok etgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!