Meksikalik o‘yinchini sizlardan eshitib turibman - Otabek G‘ulomxo‘jaev o‘yindan keyin yana nimalar dedi?

  • 11 mart, 2021, 21:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi chempionatning ilk turini Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi o‘tkazib yagona gol evaziga mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Uchrashuvdan keyin an’anaga muvofiq matbuot anjumani tashkil etildi. Dastlab “Andijon” bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jaev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Bugungi uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- Avvalambor “Qizilqum” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinni ko‘rdinglar, yaxshi o‘tdi, kurashlarga boy bo‘ldi. To‘g‘risi, yaxshi o‘ynab turib yutqazish alam qiladi. Uch ochkoni qo‘ldan chiqardik.

- Bugun ikki xil futbol ko‘rdik. Birinchi bo‘limda “Qizilqum” yaxshi o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda esa “Andijon”. Buning sababi nimada?

- Jamoamiz o‘tgan yilgidan ko‘ra 90 foizga yangilandi. Yangi o‘yinchilar kelgan, endi shakllanyapti. Balki moslashish uchun vaqt kerak bo‘lgandir. Lekin dastlabki 15 daqiqada ham to‘pning nazorati bizda edi. Belgilangan penalti biroz bo‘lsa-da, yigitlarga ta’sir qildi. Ikkinchi bo‘limda ancha hujumkor o‘yin namoyish etdik.

- Jasur Jaloliddinovning o‘yinidan qanchalik qoniqish hosil qildingiz?

- Jasurning hozirgi holatini bilganim uchun aytamanki, u bugun 50 foiz kuchi bilan o‘ynadi. Chunki ma’lum vaqt jamoasiz, mashg‘ulotsiz qolib ketdi. To‘g‘ri, individual tarzda shug‘ullandi. Ammo jamoamizga qo‘shilganiga bugungi o‘yinni ham hisoblasak bor-yo‘g‘i besh kun bo‘ldi. Uning individual mahoratini hamma biladi. Boya aytganimdek, 50 foiz kuchi bilan to‘p surdi. Ammo Jaloliddinov hali chempionatda o‘z so‘zini aytadi.

- Meksikalik futbolchining “Andijon”ga qo‘shilishi haqida xabar chiqdi. Ertaga transfer oynasi yopiladi. Ushbu legionerni “Andijon”da ko‘ramizmi?

- To‘g‘risi, buni sizlardan eshitib turibman. Ha, shunday gaplar bo‘ldi. Ammo hozir sizlarga aniq biror nima deya olmayman. Chunki ertaga transfer oynasi yopilishini bilaman. Bu xabar rost yoki yolg‘onligini sport direktoridan so‘rab ko‘rishim kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
11/03/2021 22:40
Дониёр исмоилов хужумга но лойик, экан йу'котинг уни Отабек жарима зарба тепадиган борми у'зи Жаьсурни захирадан у'йинга тушириш керак токи у'зига келгунча
&
Bek 56
11/03/2021 22:40
Дониёр исмоилов хужумга но лойик, экан йу'котинг уни Отабек жарима зарба тепадиган борми у'зи Жаьсурни захирадан у'йинга тушириш керак токи у'зига келгунча
&
Bek 56
11/03/2021 22:05
Отабек футболчиларингиз яхши у'йнаган билан дарвозага аник, зарба .беролмаяпди зарба бу'лмаса гол хам бу'лмайди агар судя 11 берганда хам гол ураолмасанглар керак