MDH o‘yinlarida bokschi qizlarimiz 11 ta medalni qo‘lga kiritdi

  • 5 sentabr, 2021, 19:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Rossiyaning Qozon shahri MDH o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda. Tabiiyki, mazkur turnirda o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etayapti.

Tecno

Bugun, boks bo‘yicha final janglari o‘tkazilmoqda va unda bir nechta hamyurtlarimiz ham ushbu musobaqa chempionligi uchun ringga ko‘tarildi.

Jumladan, 46 kg vaznli Gulsevar G‘anieva finalda rossiyalik Liya Patlayni mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, -63 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Sitora Baxodirova Rossiya vakilasi Kristina Galnykiknani, -70 kg vaznli Oysha Toirova finalda qozog‘istonlik Seydish Bakytni mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritish barobarida turnir chempioniga aylandi.

-48 kg vaznli Robiyaxon Baxtiyorova qozog‘istonlik Anita Adishevaga,  -50 kg vazndagi vakilamiz Shaxina Ne’matova  rossiyalik Renata Mingalievaga, -57 kgdagi yurtdoshimiz Ra’no Muratbaeva ham rossiyalik Karina Korobovaga -60 kgda Muxlisa Toxirova Qozog‘iston vakilasi Uljan Sarsenbekka, -66 kg vaznli Sanobar Bozorboeva ham mezbonlar vakilasi Darya Panovaga, -80 kg vaznli Oltinoy Sotimboeva rossiyalik Sofiya Oxotnikovaga  imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan cheklandi.

Shuningdek,  -52 kgda Uzukjamol Yunusova, -54 kgda Guldana Tileubergenova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi final janglari davom etmoqda.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
05/09/2021 23:24
Кўз тегмасин қизлар бокси ҳам яҳши одимламоқда. Омад.