Mbappening “Real”dagi daromadi oshkor bo‘ldi

  • 17 may, 2024, 16:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bilan xayrlashgan Kilian Mbappe faoliyatida yangi bosqichni boshlash arasida turibdi.

Tecno

Hali rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, 25 yoshli futbolchi kelasi mavsumdan “Real” o‘yinchisiga aylanadi.

Sky Sports nashri tomonlar besh yillik shartnoma imzolashi haqida ma’lumot tarqatdi.

Unga ko‘ra, Mbappe yiliga 15 million evro miqdorida maosh oladi. Bu PSJ to‘lagan maoshdan kamligi aytilmoqda.

Biroq, “Qirollik klubi” Kilianga jamoa bilan shartnoma imzolagani bois maxsus bonus ajratadi. Bu summa 150 million evroni tashkil etishi belgilangan.

Kilian Mbappening “Real”ga o‘tgani haqidagi rasmiy ma’lumot iyun oyida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!