
Mbappe va Ramosning bu futbolchini “ko‘rgani ko‘zi yo‘q”!
PSJ jamoasining evropalik etakchilari – Serxio Ramos va Kilian Mbappe “Yuventus”ga ijaraga jo‘natilgan Leondro Paredesni Parijga qaytishini istamayapti.
L'Equipe nashrining ta’kidlashicha, Ramos va Mbappe argentinalik yarim himoyachining ortga qaytishiga qarshi. Ramosning shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Uning PSJdagi kelajagi hozircha noma’lum. Shunga qaramasdan, ispaniyalik himoyachi Paredesning qaytib kelishiga qarshi chiqmoqda.
Bu borada Kilian Mbappe Ramos bilan hamfikr.
28 yoshli paredesning PSJ bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi. Uni ijaraga olgan “Yuventus” rahbariyati ham mavsum yakunlangach, futbolchining transferini to‘liq sotib olish huquqidan foydalanmaydigan bo‘ldi.
Fikrlar