Mbappe transferi qachon e’lon qilinadi?

  • 10 may, 2024, 23:58
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe 7 yillik faoliyatidan keyin PSJni tark etadi. Biroz oldin futbolchi klub muxlislari bilan xayrlashdi. Uning keyingi manzili deyarli aniq. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, "Real" va frantsiyalik hujumchi kelishuvga erishib bo‘ldi. Transfer Chempionlar ligasi finalidan keyin rasman e’lon qilinadi. Futbolchi Madriddan uy topib bo‘ldi. 

Mbappening "qaymoqranglilar"dagi maoshi 2022 yilda taklif qilinganidan kamroq bo‘ladi. Shartnoma esa 2029 yilgacha amal qiladi. Shuningdek, unga 125 million evrolik bonus beriladi. 

Eslatib o‘tamiz, EChL finali 2 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. "Real" 15-marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritish uchun "Borussiya"ga qarshi maydonga tushadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!