Mbappe sharmandali mag‘lubiyatdan keyin jamoadoshlariga nima degani oshkor bo‘ldi

  • 11 aprel, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining chorak final dastlabki uchrashuvida musobaqaning amaldagi g‘olibi “Real” Londonda “Arsenal”dan 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Kutilmagan darajadagi mag‘lubiyat madridliklarning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini sezilarli tarzda pasaytirib yuborgani bor gap.

Jamoa etakchilaridan Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Federiko Valverde va Jud Bellingem uchrashuvdan keyin jamoadoshlari bilan suhbat o‘tgandi.

La Sexta va El Chiringuito nashrlarining ma’lum qilishicha, bu yuoduzlar jamoadoshlariga ular Chempionlar ligasida 15 marotaba g‘alaba qozongan “Real” o‘yinchilari ekanini unutmaslikni uqtirgan.

Shuningdek, jamoa etakchilari Madridda bo‘ladigan javob uchrashuvini dastlabki 15 daqiqasida “Arsenal” darvozasiga tezkor gol urish juda muhim ekanini ta’kidlagan. “Real”ning qolgan futbolchilari ularning chiqishlarini olqishlash orqali qo‘llab-quvvatlagani aytilmoqda.

“Real” va “Arsenal” o‘rtasidagi chorak finalning javob uchrashuvi 16 aprel kuni “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!